Konferensiyaning ikkinchi kuni chet ellik olimlar universitetimizda va kafedramizda mehmon bo’ldilar

Konferensiyaning ikkinchi kuni 2025-yil 29-noyabrda bevosita Toshkent davlat tibbiyot universitetida davom etdi. Kunning birinchi yarmida Qozog‘iston Respublikasi S. Asfendiyarov nomidagi tibbiyet universiteti hamda O’sh davlat universiteti tibbiyot fakultetining pediatr olimlari bolalar kasalliklari propedevtikasi fanidan master-klass o‘tishdi. Shuningdek, mehmonlar bolalar kasalliklari kafedralarining imkoniyatlari bilan tanishishdi.

Kafedramiz tomonidan mehmonlarga ehtirom sifatida “Bolalar kasalliklari propedevtikasi” fanidan chop etilgan yangi darsligimizni  hamda kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar Bosh o‘quv korpusi bilan tanishishdi, ularda simulyasion markaz hamda tarixiy muzey katta taassurot qoldirdi.

Kecha  “Yashil iqtisod” yili rejasi doirasida universitetda 300 dona daraxt ekish jarayoniga mehmonlar ham hissa qo‘shdilar. Mehmonlar tomonidan Bosh o‘quv binosi hovlisiga 10 ta daraxt ekildi, bu jarayenga oliygohlar o‘rtasida esda qoladigan lahza va do‘stlik ramzi deb qaraldi. Bir yil muqaddam oliygohlar o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolaggan bo‘lsa, endi hamkorlik kafedra darajasiga tushdi, kafedralar o‘rtasida hamkorlik shartomalar imzolashga kelishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan