1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi jamoasi va talabalari uchun nihoyatda quvonchli va g‘ururli xabar!
Yurtimizda ilm-fan, ta’lim-tarbiya hamda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan ustozimiz — kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobomuratov Turdiqul Akromovich Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ushbu yuksak mukofot professor T.A. Bobomuratovga ko‘p yillik fidokorona mehnati, bo‘lajak shifokorlarni ham professional, ham ma’naviy yetuk mutaxassis qilib tarbiyalashdagi beqiyos xizmatlari hamda jamiyatda milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishdagi faolligi uchun tantanali ravishda topshirildi.
Ilm va ma’naviyat uyg‘unligi
Turdiqul Akromovich nafaqat tibbiyot sohasi va pediatriya yo‘nalishida o‘z maktabini yaratgan yetakchi olim, balki yoshlarning qalbi va ongiga vatanparvarlik, kasbga sadoqat va insonparvarlik tuyg‘ularini singdirib kelayotgan haqiqiy ma’rifatparvar ustozdir. U kishining rahbarligida kafedramizda nafaqat o‘quv-davolash ishlari, balki talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar ham doimiy ravishda yuqori saviyada tashkil etib kelinadi.
Kafedra jamoasi nomidan tabrik:
“Muhtaram Turdiqul Akramovich! Ushbu nufuzli mukofot Sizning ilm-fan va xalqimiz ma’naviyati yo‘lidagi chekayotgan zahmatli, ammo sharafli mehnatlaringizning munosib e’tirofidir. Siz kabi ulug‘ ustoz rahbarligida faoliyat olib borayotganimizdan faxrlanamiz.
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, shifokorlik va pedagogik faoliyatingizda ulkan zafarlar, mamlakatimiz tibbiyoti hamda ma’naviyatini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu ishlaringizda doimiy omad tilaymiz!”
Kafedramiz ahli va butun universitet jamoasi professor T.A. Bobomuratovni ushbu yuksak unvon bilan yana bir bor chin qalbda qutlaydi! mukofot muborak bo‘lsin, ustoz!
