KAFEDRAMIZ DOTSENTI FAN DOKTORI (DSc) ILMIY DARAJASINI OLDI

​Kafedramiz dotsenti, ko‘p yillik tajribali pediatr va jonkuyar ustoz Avezova Guloyim Sattorovna o‘zining ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari mahsuli bo‘lgan doktorlik dissertatsiyasini munosib himoya qilib, Fan doktori — Doctor of Science (DSc) diplomini qo‘lga kiritdilar.
​Guloyim Sattorovnaning ushbu yutug‘i nafaqat u kishining shaxsiy mehnati va ilm yo‘lidagi matonati mahsuli, balki kafedramizning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirgan, barcha shogirdlar va hamkasblar uchun o‘rnak bo‘ladigan katta voqeadir.

Kafedra jamoasining samimiy tabrigi:
“Muhtaram Guloyim Sattorovna! Tibbiyot olamidagi eng yuqori ilmiy cho‘qqilardan biri — Fan doktori (DSc) darajasiga erishganingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
​Sizning ilmga bo‘lgan sadoqatingiz, talabalarga bilim berishdagi cheksiz g‘ayratingiz va shifokorlik faoliyatingiz bizni doimo quvontiradi. Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar tilaymiz. Ilmiy maktabingiz yanada kengaysin, shogirdlaringiz kamolini ko‘rish doimo nasib etsin!”