26-dekabr soat 11:00 dan boshlab, 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi ustozlari Prezidentning parlament va O’zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatnomasini tinglashdi va kerakli xulosalar olishdi. Prezidentimiz tomonidan kelayotgan yangi yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltish yili” deb e’lon qilindi.
Yil: 2025
Kafedra ustozlari “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishida ishtirok etishdi
22-dekabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda universitet professor-o‘qituvchilari uchun yuksak tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatga ega, vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi ustozlari ham Read More …
“Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” nomli ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda
Azimut Grant Hotel Tashkent mehmonxonasida “Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” mavzusidagi IV Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Kafedramiz assistenti Fayziyev Nodirbek Nizomiddin o’g’lining fan nomzodi(PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi
Bugun 13:00 da kafedramiz assistenti Fayziyev Nodirbek Nizomiddin o’g’lining fan nomzodi(PhD) dissertatsiyasi himoyasi muvaffaqiyatli o’tdi. Nodirbek Nizomiddin o’g’lini kafedramiz nomidan tabriklaymiz. Keyingi ilmiy faoliyatlarida omad tilaymiz!
Kafedramiz dotsenti Mallayev Shuhrat Sherqulovichning fan doktori(DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi
Bugun 11:00 da kafedramiz dotsenti Mallayev Shuhrat Sherqulovichning fan doktori(DSc) dissertatsiyasi himoyasi muvaffaqiyatli o’tdi. Shuhrat Sherqulovichni kafedramiz nomidan tabriklaymiz. Keyingi ilmiy faoliyatlarida omad tilaymiz!
Kafedramiz mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich Malayziyada bo’lib o’tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdilar.
Joriy yilning 22-23- oktabr kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Malaya universiteti tomonidan tashkil etilgan UMRIIS 2025 (Universiti Malaya Research, Innovation and Industry Summit 2025) nomli ilmiy anjuman bo’lib o’tgan. Anjumanda kafedramiz mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich ham ishtirok etdilar. Anjuman Read More …
Kafedramiz dotsentlari Sorrento shahrida bo’lib oʻtgan xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdilar
21-oktabr kuni Italiyaning Sorrento shahrida bolalar gastroenterologiyasi sohasidagi eng nufuzli ilmiy anjuman — 7-Xalqaro bolalarda yallig‘lanib o‘tuvchi ichak kasalliklari simpoziumi (PIBD-2025) bo‘lib o‘tdi. Dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va olimlarini birlashtirgan ushbu forumda kafedramiz dotsentlari Nafisa Sobirovna Sultanova va Guloyim Sattorovna Read More …
Kafedramiz dotsentlari xalqaro kongressda ishtirok etdilar
Kafedramiz dotsentlari Portugaliyaning Lissabon shahrida o’tkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etdilar EAPS (European Academy of Paediatrics Society Congress) — bu bolalar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi eng nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha yetakchi pediatrlar, olimlar va tadqiqotchilarni birlashtiradi. Bu Read More …
Turkiyalik professor Ibrahim Alatas kafedramiz mehmoni bo’ldi
13-oktabr kuni 10:00 da Ibrahim Alatas kafedramizga keldilar. Kafedramiz mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich mehmonga kafedrani va unda qilinayotgan ishlarni tanishtirdilar. Ibrahim Alatas bizning kafedrada soat 11:00 dan 13:00 gacha Spina bifida bilan og’rigan bemor bolalarni ko’rikdan Read More …
E’lon! 13-oktabr kuni turkiyalik professor seminar-trening o’tkazadi
13-oktabr kuni soat 14:00 da Toshkent davlat tibbiyot universitetining litsey zalida «Fetal jarrohlik, spina bifida amaliyotlari» mavzusida seminar trening bo’lib o’tadi. Seminarda Istanbul bilim universiteti, Neyroxirurgiya kafedrasi professori Ibrahim Alatas chiqish qiladilar.