22-dekabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda universitet professor-o‘qituvchilari uchun yuksak tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatga ega, vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi ustozlari ham qatnashdi.
Mazkur badiiy asar ustozga bo‘lgan hurmat-ehtirom, kasbga sadoqat, fidoyilik va jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyat kabi ezgu g‘oyalarni yorqin obrazlar orqali ochib berib, universitet professor-o‘qituvchilari qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Film har bir tomoshabinni o‘z kasbiga yangicha nazar bilan qarashga, inson tarbiyasida ustozning beqiyos o‘rni haqida yana bir bor mushohada qilishga undadi.
