21-oktabr kuni Italiyaning Sorrento shahrida bolalar gastroenterologiyasi sohasidagi eng nufuzli ilmiy anjuman — 7-Xalqaro bolalarda yallig‘lanib o‘tuvchi ichak kasalliklari simpoziumi (PIBD-2025) bo‘lib o‘tdi. Dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va olimlarini birlashtirgan ushbu forumda kafedramiz dotsentlari Nafisa Sobirovna Sultanova va Guloyim Sattorovna Avezovalar ishtirok etishdi. Bu safar ular uchun ilmiy anjuman nafaqat katta sharaf, balki ilhom, yangicha ilmiy ruh manbai bo‘ldi.
