2024 yil 22-24 aprel kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar kasalliklari propedevtikasi dotsentlari DSc N.S.Sultanova, PhD Sh.Sh.Mallaev, t.f.n. G.S. Avezova hamda assistent N.N. Fayzievlar Ryazan Davlat tibbiyot universtitetida «Respirator tibbiyot» mavzusidagi birinchi xalqaro Assambleyada qatnashdilar. Assambleyada Rossiya hamda MHDdan tashrif buyurgan olimlar, tajribali shifokorlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Sektsion yig’ilishda Sultanova N.S. “Tabiiy ovqatlantirish va uning bolalar salomatligi shakllanishidagi o’rni”, G.S.Avezova “Toshkent shahridagi bolalar salomatligi va unga ta’sir qiluvchi xavf omillar”, Sh.Sh.Mallaev “Obstruktiv bronxit”, N.N.Fayziev “Pnevmoniyali bolalarda gemostaz tizimi o’zgarishlari” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda sertifikat bilan taqdirlandilar.