Kafedramiz va ilmiy jamoamiz uchun quvonchli xabar! Jamoamizning faol va izlanuvchan olimasi Avezova Guloyim Sattarovna pediatriya va gematologiya ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bu yuksak natija — Guloyim Sattarovnaning ko‘p yillik mashaqqatli mehnati, tinimsiz izlanishlari va tibbiyot ilmi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasining munosib e’tirofidir. Pediatriya va gematologiya sohasidagi bunday yutuq nafaqat olimaning shaxsiy muvaffaqiyati, balki kafedramizning ilmiy salohiyatini oshirishda ham katta ahamiyatga ega.
Hurmatli Guloyim Sattarovna!
Sizni ushbu unutilmas voqea — doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganingiz bilan kafedra jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Siz erishgan bu yutuq barchamiz uchun faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Ilm yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli xizmatlaringiz hamisha bardavom bo‘lsin!
Yangi marralar sari oq yo‘l tilaymiz!
Hurmat bilan, kafedra jamoasi

