23-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi Uchtepa tumanida joylashgan 123-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Men tibbiyotga qiziqaman” mavzusida kasbga yo’naltirish bo’yicha bayram tadbirini o’tkazishdi.

23-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi Uchtepa tumanida joylashgan 123-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Men tibbiyotga qiziqaman” mavzusida kasbga yo’naltirish bo’yicha bayram tadbirini o’tkazishdi. Tadbirda kafedra mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich, kafedraning professor-o’qituvchilari, t.f.d., dotsent Nurmatova N.F., Sagdullayeva M.A., PhD Mallayev Sh.Sh. ishtirok etishdi. Maktabning turli sinf o’quvchilaridan tashkil topgan “Avitsenna”, “Buyuk shifokorlar”, “Terapevtlar”, “Tibbiy bilimdonlar” jamoalari, tanishtiruv, shifokorgacha birinchi yordam, sardorlar bellashuvi shartlari bo’yicha o’z bilimlarini namoyish etishdi va sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan