OAK saytida kafedramiz assistenti N.N.Fayziyevning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon berildi

Oliy attestatsiya komissiyasi saytida kafedramiz assistenti Nodirbek Nizomiddin o’g’li Fayziyevning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon berildi.

Quyida e’lon matni bilan tanishishingiz mumkin.

OAK sayti uchun havola

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan kichik yoshli bolalarda gemostaz tizimi o‘zgarishlarining molekulyar – genetik xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: №B2023.3.PhD/Tib3784.
Ilmiy rahbar: Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan kichik yoshli bolalarda gemostaz tizimi o‘zgarishlarida genetik omillarning rolini o‘rganish, gemostaz buzilishlarini prognozlash va diagnostik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan kichik yoshli bolalarda gemostaz tizimida giperkoagulyasiya kuzatilgan bo‘lib, uning darajasi bemorning klinik holati, zotiljamning morfologik shakli va asoratlar rivojlanishi bilan bog‘liq: 41 %ida kompensator, 45 %ida subkompensator va 14 %ida dekompensator turdagi giperkoagulyasiya holatlari zotiljam patogenezida trombotik xavf sifatida muhim o‘rin tutishi isbotlangan;
gemostaz ko‘rsatgichlari va gen polimorfizmlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik PAI-1 4G/4G va VEGF T/T genotiplarining ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
gemostaz tizimi va fibrinoliz holatiga baho berishda PAI-1 va VEGF genlari polimorfizmini hisobga olgan holda bemorlarni xavf guruhlariga ajratish isbotlangan;
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan kichik yoshli bolalarda genetik omillarning rolini o‘rganish orqali gemostaz buzilishlarini prognozlash, diagnostik mezonlar va algoritm ishlab chiqish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bemor bolalarda klinik, laborator tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, prognozlash va diagnostik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan kichik yoshli bolalarda gemostaz tizimida giperkoagulyasion o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lib, uning darajasi bemorning klinik holati, zotiljamning morfologik shakli va asoratlar rivojlanishi bilan bog‘liq: 41 %ida kompensator, 45 %ida subkompensator va 14 %ida dekompensator turdagi giperkoagulyasiya holatlari zotiljam patogenezida trombotik xavf sifatida muhim o‘rin tutishini isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 22-dekabr` 12-23/220-t bilan tasdiqlangan «Molekulyarno-geneticheskie aspekti i rannyaya diagnostika narusheniy gemostaza u detey s pnevmoniey» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan va Toshkent  shahar 1-son bolalar shifoxonasi klinik bazasi pulmonologiya bo‘limi 2024 yil 9 iyulda №97 sonli buyrug‘i, Toshkent tuman markaziy shifoxonasida 2024 yil 26 yanvarda №291-10-212-TB/2024-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar shifoxonadan tashqari zotiljamda gemostaz tizimida buzilishlarni, uning asoratlarini erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: havf omillari diagnostik mezonlariga kiritilishi shifoxonadan tashqari zotiljam klinik ko‘rinishini bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada asoratlar soni kamayadi, shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga olib keladi va har bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 45 bemor uchun 18000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gemostaz ko‘rsatgichlari va gen polimorfizmlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik PAI-1 4G/4G va VEGF T/T genotiplarining ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘liqligini isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 22-dekabr 12-23/220-t bilan tasdiqlangan «Molekulyarno-geneticheskie aspekti i rannyaya diagnostika narusheniy gemostaza u detey s pnevmoniey» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan va Toshkent  shahar 1-son bolalar shifoxonasi klinik bazasi  pulmonologiya bo‘limi 2024 yil 9 iyulda №97 sonli buyrug‘i, Toshkent tuman markaziy shifoxonasida 2024 yil 26 yanvarda №291-10-212-TB/2024-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar shifoxonadan tashqari zotiljamda gemostaz tizimidagi buzilishlarni, erta tashxislash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: havf omillari diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi shifoxonadan tashqari zotiljam klinik ko‘rinishini bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada asoratlar soni kamayadi, shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga olib keladi va har bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 33 bemor uchun 13200000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: gemostaz tizimi va fibrinoliz holatiga baho berishda PAI-1 va VEGF genlari polimorfizmini hisobga olgan holda bemorlarni xavf guruhlariga ajratishni isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 22-dekabr 12-23/220-t bilan tasdiqlangan «Molekulyarno-geneticheskie aspekti i rannyaya diagnostika narusheniy gemostaza u detey s pnevmoniey» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan va Toshkent shahar 1-son bolalar shifoxonasi klinik bazasi pulmonologiya bo‘limi 2024 yil 9 iyulda №97 sonli buyrug‘i, Toshkent tuman markaziy shifoxonasida 2024 yil 26 yanvarda №291-10-212-TB/2024-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar shifoxonadan tashqari zotiljam gemostaz tizimidagi buzilishlarni, erta tashxislash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: havf omillari diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi shifoxonadan tashqari zotiljam klinik ko‘rinishini bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada asoratlar soni kamayadi, shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga olib keladi va har bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 29 bemor uchun 11600000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kichik yoshli bolalarda genetik omillarning rolini o‘rganish orqali gemostaz buzilishlarini prognozlash, diagnostik mezonlar va algoritm ishlab chiqishni  isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 22-dekabr 12-23/220-t bilan tasdiqlangan «Molekulyarno-geneticheskie aspekti i rannyaya diagnostika narusheniy gemostaza u detey s pnevmoniey» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan va Toshkent shahar 1-son bolalar shifoxonasi klinik bazasi pulmonologiya bo‘limi 2024 yil 9 iyulda №97 sonli buyrug‘i, Toshkent tuman markaziy shifoxonasida 2024 yil 26 yanvarda №291-10-212-TB/2024-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi №19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar shifoxonadan tashqari zotiljamda gemostaz tizimidagi buzilishlarni, erta tashxislash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: havf omillari diagnostik mezonlariga kiritilishi shifoxonadan tashqari zotiljam klinik ko‘rinishini bashorat qilishga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada asoratlar soni kamayadi, shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga olib keladi va har bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 39 bemor uchun 15600000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan