Kafedramiz dotsentlari Portugaliyaning Lissabon shahrida o’tkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etdilar

EAPS (European Academy of Paediatrics Society Congress) — bu bolalar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi eng nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha yetakchi pediatrlar, olimlar va tadqiqotchilarni birlashtiradi. Bu yilgi kongress Yevropaning tarixiy shaharlaridan biri — Lissabonda 18-20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Kafedramiz dotsentlari Sultanova Nafisa Sabirovna  va Avezova Guloyim Sattorovna ushbu nufuzli kongressda ishtirok etishdi. EAPS (European Academy of Paediatric Societies Congress) — bu shunchaki anjuman emas, balki pediatriya sohasidagi dunyo miqyosidagi yirik ilmiy hamkorlik maydoni hisoblanadi. Kongressda Yevropa va dunyo miqyosidagi yetakchi pediatrlar, genetiklar, immunologlar, neonatologlar, gastroenterologlar, nefrologlar va boshqa mutaxassislar o‘zining so‘nggi ilmiy natijalarini taqdim etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan