Kafedramiz mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich Malayziyada bo’lib o’tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdilar

Joriy yilning 22-23- oktabr kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Malaya universiteti tomonidan tashkil etilgan UMRIIS 2025 (Universiti Malaya Research, Innovation and Industry Summit 2025) nomli ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda kafedramiz mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich ham ishtirok etdilar.

Anjuman innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni targ‘ib qilish: yangi g‘oyalar, texnologiyalar va tadqiqot yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. Ta’lim, tibbiyot va farmasevtikaning barcha yo‘nalishlaridagi loyiha va ishlanmalar asosan sun’iy intellektdan keng foydalanish nazarda tutildi. Sun’iy intellekt tibbiyot sohasida innovatsion yondashuv sifatida shifokorlar ish faoliyatini samarali tashkil etish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash usullarini joriy qilish, kelajakda inson salomatligini muhofaza qilishda ilmiy va amaliy samaradorlikni sezilarli darajada  oshirishga qaratildi. Shuningdek ko’rgazmada ta’lim sohasida suniy intellekt o‘rni bo‘yicha ham 40 ortiq loyihalar taqdim qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan