Bugun kafedramizda navbatdagi mazmunli va interaktiv ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni kafedra dotsenti Mallayev Shuhrat Sherqulovich olib bordilar. Ma’ruza davomida talabalarga mavzu yuzasidan chuqur nazariy bilimlar berildi, amaliy jihatlar esa hayotiy misollar orqali yoritib berildi.
Ma’ruza yakunida o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va talabalar faolligini oshirish maqsadida zamonaviy interaktiv usullardan biri — Kahoot! platformasidan foydalanildi. Ushbu usul orqali talabalar ma’ruza davomida olgan bilimlarini real vaqt rejimida sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Intellektual o‘yin shaklida tashkil etilgan test jarayonida 100 dan ortiq talabalar faol ishtirok etdilar. Savollar tezkorlik, diqqat va mustahkam bilimni talab qildi. Natijalar avtomatik tarzda hisoblab chiqildi va eng yuqori ball to‘plagan talabalar aniqlab olindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – Abdiraxmanova Gulbonu (304-b guruh)
2-o‘rin – Nabiyeva Dilshodaxon (303-b guruh)
3-o‘rin – Izzatullayeva Shaxlo (304-a guruh)
G‘olib talabalar kafedra tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu interaktiv yondashuv talabalar bilimini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali tashkil etishga xizmat qildi.
Kafedramiz kelgusida ham ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali talabalarning bilim saviyasini oshirishni davom ettiradi.

