Kafedra xodimlari maktabda o’tqazilgan tibbiy ko’rikda ishtirok etishdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Davolash fakultetiga biriktirilgan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-IDUMda universitet professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassis shifokorlar ishtirokida keng qamrovli profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda jami 45 nafar malakali shifokor, shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor T.A. Bobomuratov boshchiligida mas’ul bo‘lim xodimlari faol ishtirok etdi.

Tibbiy ko’rikda 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi xodimlari ham pediatr sifatida ishtirok etishdi.