26-dekabr soat 11:00 dan boshlab, 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi ustozlari Prezidentning parlament va O’zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatnomasini tinglashdi va kerakli xulosalar olishdi. Prezidentimiz tomonidan kelayotgan yangi yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltish yili” deb e’lon qilindi.
Muallif: Shuhrat Mallayev
Kafedra ustozlari “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishida ishtirok etishdi
22-dekabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda universitet professor-o‘qituvchilari uchun yuksak tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatga ega, vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda 1-son bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi ustozlari ham Read More …
“Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” nomli ilmiy-amaliy anjuman fotogalereyasi
“Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” nomli ilmiy-amaliy anjuman fotogalereyasi
“Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” nomli ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda
Azimut Grant Hotel Tashkent mehmonxonasida “Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari” mavzusidagi IV Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Kafedramiz mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich Malayziyada bo’lib o’tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdilar
Joriy yilning 22-23- oktabr kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Malaya universiteti tomonidan tashkil etilgan UMRIIS 2025 (Universiti Malaya Research, Innovation and Industry Summit 2025) nomli ilmiy anjuman bo’lib o’tgan. Anjumanda kafedramiz mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich ham ishtirok etdilar. Anjuman innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni targ‘ib qilish: yangi g‘oyalar, Read More …
E’lon! Bugun turkiyalik professor seminar-trening o’tkazadi
Bugun 14:00 da Toshkent davlat tibbiyot universitetining litsey zalida «Fetal jarrohlik, spina bifida amaliyotlari» mavzusida seminar trening bo’lib o’tadi. Seminarda Istanbul bilim universiteti, Neyroxirurgiya kafedrasi professori Ibrahim Alatas chiqish qiladilar.
Lanugo — chaqaloqning ona qornidagi ilk sochlari
Lanugo — bu embrional davrda paydo bo‘ladigan juda mayin, nozik va shaffof sochlar bo‘lib, chaqaloq tanasini deyarli to‘liq qoplaydi. Ular odatda 16–20-haftalarda bachadonda homilaning terisida paydo bo‘ladi va 28–32-haftalarda sekin yo‘qolishni boshlaydi. Lanugo homilaning tug‘ruqqacha rivojlanish darajasi haqida bilvosita ma’lumot Read More …
Ma’ruzada «Kahoot» usuli qo‘llanildi
Bugun kafedramiz dotsenti Mallayev Shuhrat Sherqulovich ma’ruza so’nggida «Kahoot» usulidan foydalanib, ma’ruzada olingan bilimlar talabalar xotirasida qanchalik saqlanib qolganini tekshirib ko’rdilar. Bu o’yinda 100 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. Uchta sovrinli o’rin aniqlandi: 1-o’rin. Abdiraxmanova Gulbonu(304 b guruh) 2-o’rin. Nabiyeva Read More …
Kafedra xodimlari Zakovatda
Joriy yilning 27-sentabr kuni o’qituvchilar o’rtasida «Zakovat» intellektual turnirining hududiy Toshkent shahri bosqichi bo’lib o’tdi. Turnirda kafedra ustozlaridan Shuhrat Mallayev, Maqsud Muxtorov, Nodirbek Fayziyev, Akmal O’rinov va Abror Hoshimovlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Zakovat» terma jamoasi tarkibida universitetimiz sha’nini munosib Read More …
